2016-yilning 21–22-iyun kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar madaniyat vazirlarining o‘n uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar bermoqda.

Yig‘ilishda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning tegishli vazirliklari rahbarlari madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini hamda ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibiga kiradigan boshqa mavzularni muhokama qiladi.