Toshkent shahar Arxiv ishi boshqarmasi tizimiga quyidagi arxivlar kiradi:

Toshkent shahar davlat arxivi.

Toshkant shahar davlat arxivi 1973 yil noyabr oyida tashkil topgan.
Arxivda O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Toshkent shahar ahamiyatidagi XX asrning dastlabki yillaridan – hozirgi davrgacha bo`lgan tarihiy arxiv hujjatlari saqlanadi.
Ayni davrda Toshkent shahar davlat arxivi saqloviga 400 mingdan ortiq saqlov birligidagi hujjatlar kelib tushgan, bular davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, iqtisodiyot, xalq ta`limi, mehnat va ijtimoiy ta`minot muassasa, tashkilot va korxonalari hujjatlari to`grisida axborotlar va shu bilan birga shahsiy tarkib hujjatlari. Shulardan 40 ming saqlov birligidagisi o`ta qimmatli hujjatlar hisoblanadi. Jami arxivda olti yuzdan ortiq fond mavjud.  
Yil mobaynida arxivga uch yuzga yaqin tashkilotlar hamda uch mingdan ortiq fuqarolar mavzuli va ijtimoiy huquqiy so`rovlar bilan murojaat qiladilar va ularga arxiv xizmatlari ko`rsatiladi. 

      Toshkent shahari Idoralararo shaxsiy tarkib hujjatalri markaziy arxivi.

Toshkent shahar Idoralararo xo`jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatalri markaziv arxivi (IXHSHTXMA) Toshkent shahar Xalq deputatlari soveti ijroiya komitetining 1981 yil 25 avgustdagi 686- son Qarori bilan tashkil etildi. Arxiv Toshkent shahar hududida joylashgan barcha mavjud va faoliyati tugatilayotgan davlat, nodavlat, jamoat, shirkat, xususiy, qo`shma ( mulkchilik shaklidan qat`iy nazar) korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning shaxsiy tarkib hujjatlariga ilmiy-texnikaviy ishlov berish, hujjatlarni saqlov uchun qabul qilish, markashlashtirib saqlash va ulardan foydalanishni amalgam oshirish maqsadlaida tashkil etilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.02.2004 yildagi 49- son “O`zbekiston Pesrublikasi Arxiv ishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” qaroriga muvofiq Toshkent shahar hokimligining arxiv bo`limi Toshkent shahar Arxiv ishi boshqarmasiga aylantirildi.
Toshkent shahar Arxiv ishi boshqarmasi tarkibiga quyidagi arxiv idoralari kiradi:
Toshkent shahar davlat arxivi;
Toshkent shahar idoralararo xo`jalik hisobidagi shahsiy tarkib hujjatlari Markaziy arxivi.
Toshkent shahar Arxiv ishi boshqarmasining asosiy vazifalariga quyidagilardan iborat:
Toshkent shahar hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Toshkent shahridagi arxiv idoralarida arxiv ishi sohasidagi qonun hujjatlarining amalda bajarilishini va ularga rioya etilishi ustidan ta`sirchan nazoratni amalga oshirishni ta`minlash;
Toshkent shahriga oid O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobini ta`minlash va ulardan foydalanish;
Toshkent shahar davlat arrxivi va Toshkent shahar idoralararo xo`jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari Markaziy arxivini boshqarish, ularning faoliyat ko`rsatishini ta`minlash;
Toshkent shahrida arxiv ishini yanada rivojlantirish va takomillashtitrish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
arxivshunoslik va arxeografiya sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini Toshkent shahar arxiv muassasalari ishlari amaliyotiga joriy etish;
arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet el ish tajribasini o`rganish va Toshkent shahar arxiv idoralarida ommalashtirish .